
Tafsif: Hikoya dunyodagi eng buyuk xazina — "One Piece"ni topish va Qaroqchilar Qiroli bo'lishni orzu qiladigan Monkey D. Luffy ismli o'smir yigitcha haqida boradi. U tasodifan "Gomu Gomu no Mi" (Razyana-rezina) iblis mevasini yeb qo'yadi va tanasi rezinaga o'xshash cho'ziluvchan xususiyatga ega bo'ladi. Rasmda Luffyning bolalik payti tasvirlangan bo'lib, u keyinchalik o'ziga sodiq jamoa ("Somon shlyapali qaroqchilar") yig'adi va xavfli dengizlar aro sarguzashtlarga boy uzoq safarga otlanadi.
